Avvalroq, Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalinganligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Portugaliyalik hujumchi UEFA protokoliga asosan 28 oktyabr kuni EChL doirasida "Barselona" klubiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Ronalduning uchrashuv boshlanishiga etti kun qolganida COVID-19 uchun topshiradigan test natijasi salbiy chiqishi kerak, aks holda o'yindan chetda qoladi.
Shu bilan birga, koronavirus yuqtirib olgan futbolchining o'yinda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritish uchun uning sog'ligi va test natijalari to'g'risidagi hujjatlar UEFAning protokoliga rioya qilish bo'yicha maxsus guruhiga yuborilishi shart.
«Yuventus»ning «Barselona»ga qarshi uchrashuvi 15 kundan keyin bo'lib o'tadi. Ronaldu ushbu o'yinda ishtirok etish uchun 21 oktyabr kuni topshiradigan testi salbiy bo'lishi kerak.
Ushbu jamoalarning javob uchrashuvi 8 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Ungacha esa portugaliyalik yulduz «Krotone», «Dinamo» (Kiev) va «Verona» klublariga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarda aniq maydonga tushmaydi.
13-Oktyabr 2020,22:30