Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa hujumchisi Antuan Grizmann haqida fikr bildirdi.
Frantsiyalik futbolchi terma jamoasining o'yinidan keyin "Murabbiyi (Dide Desham) meni qaysi pozitsiyaga qo'yishni biladi"-degandi.
– Menda Antuan bilan muammo yo'q. Men uni hech qachon begona pozitsiyaga qo'ymaganman. Biz "o'ntalik" pozitsiyasida 10 nafar futbolchi bilan o'ynay olmaymiz.
– Grizmanning so'zlari sizni ranjitmadimi?
– Har kim o'z fikrini aytishga haqlidir. Men u bilan kecha gaplashdim, lekin bu haqda emas. Biz uning pozitsiyasi va samaradorligi haqida suhbatlashdik. Men jamoa uchun eng yaxshisini izlayapman va agar u o'ng tomondan boshlash kerak bo'lsa, demak kerak. Shuningdek, u "o'nlik" yoki "to'qqizlik"da o'ynashi mumkin, biroq, bu haqda men qaror chiqarman, u esa maksimum harakat qilish kerak.
– Muvaffaqiyatga erishish uchun Grizmann nima qilish kerak?
– Imkoniyatlarini sinab ko'rishi kerak, ozgina omad kerak, bundan tashqari, u bor imkoniyatlarini ishga solishi shart. Murabbiy buyruq beradi, u bo'lsa bor kuchini ishga solishi kerak.
– Messiga dam berishni o'ylamayapsizmi?
– Biz har bir uchrashuvda eng yaxshi tarkibimizdan foydalanishni xohlaymiz. Terma jamoalar katta klublarda charchoq qo'shadi. Barcha futbolchilar ixtiyorimizga katta ishtiyoq va quvonch bilan qaytdi. Messi masalasini mashg'ulotlardan keyin hal qilamiz, – dedi Kuman.
16-Oktyabr 2020,20:10