Rasman. «Barselona» Pike, ter Shtegen, Langle va de Yong bilan shartnomani uzaytirdi
«Barselona» klubi 4 futbolchi bilan yangi shartnoma tuzilganini ma'lum qildi.Shartnomasi 2022 yilda yakunlanadigan Jerar Pike yangi shartnoma orqali kelishuvni 2024 yilga qadar uzaytirdi. Ammo ispaniyalik futbolchi mavsum-2021/22da ma'lum miqdordagi o'yinlarda ishtirok etsagina yangi shartnoma kuchga kiradi. Pikening badal puli esa 500 million ervo etib belgilandi.Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen 2025 yilga qadar klubda qoladigan bo'ldi. Uning badal puli ham 500 million evroga etkazildi.Himoyachi Kleman Langle va yarim himoyachi Frenki de Yong shartnomani 2026 yilning iyun oyiga qadar uzaytirishdi. Frantsiyalik futbolchining badal puli 300 million evro, niderlandiyalik o'yinchiniki esa 400 million evro etib belgilandi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32357/+25)
UzFIFA Yangiliklari (11.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (11.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1746)
Eng ko'p o'qilgan
5-Aprel
13:50
6-Aprel
13:40
18:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)