"Barselona" sardori Lionel Messi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. «Ronaldu bilan raqobatimiz o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. U uzoq yillar davom etdi. Uzoq vaqt davomida bir xil saviyani ushlab qolish qiyin.Men va Krishtianu o'rtamizdagi shaxsiy darajadagi duel juda yaxshi bo'ldi va o'ylashicha, bu odamlarga yoqdi. Ayniqsa, Ronaldu «Real»da o'ynaganida, raqobatimiz yuqori darajaga chiqdi. Endi esa yangi to'qnashuvni intizorlik bilan kutyapman. Umid qilaman, Krishtianu COVID-19dan sog'ayadi va chorshanba kuni bizga qarshi o'yinda maydonga tushadi», — dedi Messi.
22-Oktyabr 2020,23:00
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0