Jozep Bartomeu «Barselona» prezidentligidan iste'foga chiqishiga izoh berdi.
«Iste'foga chiqayotganimni, shuningdek, direktorlar kengashi ham ishdan ketayotganligini e'lon qilaman. Bu umumiy qaror.
Evropa Chempionlari Ligasidagi mag'lubiyatdan keyin (Gap «Bavariya»ga qarshi 2:8 hisobidagi o'yin haqida ketmoqda) eng oddiy echib iste'foga chiqish edi.
Mag'lubiyatdan keyin darhol klubning barqaror kelajagini kafolatlaydigan asosiy qarorlar qabul qilinishi kerak edi. Buni pandemiya paytida qilish kerak edi, lekin biz klubni mahorati cheklangan rahbarlar qo'liga topshira olmadik.
Kim murabbiyni taklif qilardi, kim futbolchilar bilan shartnoma imzolardi? Kim Messini olib qolardi, maoshlarni optimallashtirishga kim erishardi? Bular direktorlar kengashining vazifalari edi.
Keyingi mavjud sana uchun saylovni belgilab qo'ydik. Bir necha hafta avvalgi iste'fo muhim qarorlar qabul qilinishidan oldin klubni inqirozga olib kelardi. Saylovlar mart oyida o'tkazilishini hisobga olgan holda, bizda istef'ga chiqishga asos yo'q edi. Bosim sababli qochib ketishni xohlamadik. «Barselona»da bo'lajak saylovlar va yangi rahbariyatning kelishi tartibli bo'lishi kerak edi», – dedi Bartomeu.
27-Oktyabr 2020,02:10