Ispaniya matbuotining yozishiga qaraganda, Kataloniyaning «Barselona» klubi rahbariyati yozgi transfer oynasini kutib o'tirish niyatida emas. Kataloniyaliklar "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiyani ortga qaytarmoqchi. "Barselona" tarbiyalanuvchisi sanalgan Garsiyaning «shaharliklar» bilan 2021 yilning yozigacha shartnomasi mavjud.
«Barselona» himoyadagi holatidan xavotirda. Shu sababli, klub rahbariyati qishki transfer bozorida "Siti" himoyachisini ortga qaytarish uchun 8 million evro taklif qilmoqchi. Hozircha bu ma'lumotga «shaharliklar» munosabat bildirmadi. Taxminlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachini jamoada olib qolishga ko'ndirmoqchi.
Garsiya «Manchester Siti»ning asosiy himoyachisi sanalmaydi. U shu paytgacha tarkibda qilinayotgan rotatsiyalarda faol futbolchi sanaladi. U joriy mavsum "shaharliklar" safida atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.
2-Noyabr 2020,20:10