Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman EChLning 3-tur doirasida Kievning «Dinamo» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bizning maqsadimiz o'sha-o'sha: yaxshi o'yin namoyish etish, ko'plab vaziyatlarni sodir etish va o'yinda g'alaba qozonish. Biz turnirda yaxshi ishtirok etyapmiz va mana shu ruhda davom etishimiz kerak.
«Dinamo»da koronavirus sababli muammo yuzaga kelganini bilamiz. Ularning test natijalarini kutishimiz kerak. Uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak va o'yinni o'tkazilishiga umid qilamiz.
Koronavirus hayotimizning bir qismiga aylandi, u bizning ishimizga ta'sir qilmoqda. Bu oson emas. "Dinamo"ga kelsak, koronavirus tarkibning sifatiga ta'sir qildi.
Biroq, ikki hafta muqaddam koronavirusga chalingan futbolchilarisiz o'ynagan «Shaxtyor» «Real»ni mag'lub etganini ko'rdim. Shu sababli, "Dinamo" tarkibi kuchsizlanib qoldi deb o'ylamaslik kerak.
Mening "Barselona"dagi kelajagim u qadam muhim emas. Biz o'yinning turli elementlarini o'zgartiramiz, shu sababli, xavotir olmaslikni va vaqt berilishini so'raymiz. La Ligadagi natijalarimiz yaxshi emas,ammo biz jamoa bilan birmiz», – dedi Kuman.
3-Noyabr 2020,20:50
O'qildi: 62 - Fikirlar: 0
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0