«Atletiko» hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida bo'ladigan «Barselona»ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.– «Atletiko» terma jamoalar uchrashuvlaridan keyin «Barsa» bilan to'qnash keladi. Sobiq jamoangizga gol ursangiz, uni nishonlaysizmi?– Yo'q, sobiq jamoadoshlarim va klubimga bo'lgan hurmat tufayli golni xursandchilik bilan nishonlamayman. Bu men uchun muhim o'yinga aylanadi — men do'stlarimga qarshi maydonga tushaman.Shu bilan birgalikda, «Atletiko» futbolkasi uchun bor kuchimni beraman. O'z o'yinimni zavqlanyapman. Bundan keyin ham yuqori saviyadagi o'yinchi ekanimni ko'rsatishda davom etishni istayman.– Eng yaqin do'stingiz — Messiga qarshi o'ynashga to'g'ri keladi. Hozir munosabatlaringiz qanday?– Biz doimo gaplashib turamiz. Ammo biz hayot haqida, kundalik hayotda nimalar ro'y berayotgani haqida gaplashamiz. Farzandlarimizning tug'ilgan kunlari yonma-yon. Biz shunday narsalar haqida suhbatlashamiz.Munosabatlarimiz juda yaxshi. Shu bois, faqat futbol haqida emas, boshqa narsalar haqida ham gaplashamiz. Bir-birimizni qo'llab-quvvatlashga harakat qilamiz.
7-Noyabr 2020,18:30