Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Luis Suares sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
«Lionel ayni paytda 33 yoshda. U istalgan vaziyatni to'g'rilash uchun etarlicha tajribaga ega. Ehtimol, uning hozirgi o'yini avvalgi kabi shiddatlimasdir, lekin u meni hayron qoldirishga davom etmoqda. Messi hatto darvozadan ancha uzoq bo'lsa ham, har doim to'pni darvozaga yo'llashga harakat qiladi.
Messi bilan birga o'ynagan barcha futbolchilar u haqda ijobiy gap aytadi. Messi bilan birga o'ynab, undan xafa bo'lgan futbolchi yo'q. U haqiqatdan ham muhim futbolchi. Agar siz Messi qanchalar yosh futbolchilarga yordam berganini bilganingizda edi...
Messi keyingi faoliyatini qaerda davom ettirishini taxmin qilmayman. Agar u «Atletiko»ga o'tishni xohlasa, men bu klub haqida unga faqat ijobiy narsalarni aytishim mumkin», — dedi Suares.
8-Noyabr 2020,14:30