Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Antuan Grizmanning sobiq agenti Erik Olats futbolchining "ko'k-anorranglilar" tarkibiga o'tishi haqida fikr bildirdi.
«Antuan Messi boshqaradigan muammoli o'tgandi. Lionel bir vaqtning o'zida ham imperator va monarx hamdir. U Grizmanni o'tishini yaxshi qabul qilmagan.
Uning munosabatini yomon edi, Messi Grizmann buni his qilishga majburlagan. Antuan Messi bilan oralarida hech qanday muammo yo'qligini ko'p marta eshitganman, biroq, vaziyat aksincha edi.
Mening fikrimcha, Messi klubda qanday rol o'ynashi va muhim o'rin tutishini boshqa futbolchilarga bildirish uchun jamoa jamoadan ketish niyatida ekanligini aytgan, lekin u yakunda jamoada qoldi. Klassik Messi! U maydonda yaxshi bo'lgani bilan, maydon tashqarisida juda yomon.
«Barselona» allaqachon jabr chekishni boshlagan. Muammo klubda, Antuanda emas. O'tgan yili u «Barselona»ga o'tgan paytda Messi u bilan gaplashmagan, unga pas bermagan. U Grizmanning jamoaga moslashishi uchun qo'ldan kelgan barcha yomonliklarni qildi. U o'zining aniq izini qoldirdi. Bu aniq va sezilarli edi. Agar bunga prezidentning iste'fosi, "Bavariya"dan o'tkazib yuborilgan 8 ta gol va usta murabbiy almashganini qo'shidan bo'lsak, futbolchining ahvoli yaxshi emasligini ko'ramiz», – dedi Olats France Football bilan suhbatda.
10-Noyabr 2020,15:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0