Diego Simeone boshchiligidagi Madridning "Atletiko" klubi La Liganing 24 ta o'yinidan beri mag'lubiyatga uchrmayapti. Murabbiy hozircha o'zini juda kamtar tutmoqda. Hattoki «Barselona» ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin ham hissiyotlarga berilmadi.
«Bizda ajoyib kollektiv bor. Men anchadan beri bu haqda gapirib kelaman. Jamoadagilarning barchasi jangga tayyor bo'lishi muhim. Bu Ermoso yoki Errera kabi futbolchilarda ko'rinmoqda. O'tgan mavsumda ular kam maydonga tushgandi. Chorshanba kuni bizni muhim o'yin kutib turibdi. Jang qilishda davom etishimiz muhim.
«Atletiko» chempionlik poygasida qatnashadimi? Hozircha aniq bir fikr ayta olmayman. Futbolda faqat keyingi o'yinlar haqida o'ylash kerak. Futbolchilarni hali rivojlanishi kerak. Biz mana shularning ustida ishlayapmiz.
Lodi muhim sanaladi, Kondogbia o'sib kelmoqda, Saul bosqichma-bosqich o'z formasiga kirib bormoqda, Korreada ham o'sish bor. Felish yoki Kostalarning istaklari haqida gapirmasa ham bo'laveradi. Jamoa menda qiziqish uyg'otmoqda», – dedi Simeone «Barselona»ga qarshi o'yindan keyin.
22-Noyabr 2020,11:40