Kataloniyaning «Barselona» himoyachisi Jerar Pike vaqti kelib klub prezidenti bo'lish orzusi ekanini tan oldi.
– Klub prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etasizmi?
– Yaqin kelajakda bo'lib o'tadigan saylovlarda aniq ishtirok etmayman. Men hali futbolchi maqomiga egaman, shu sababli saylovlarda ishtirok eta olmayman. Biroq, kelajakni nima ro'y berishini bilmaysan. Barchaga ma'lum, men "Barselona"ning ashaddiy muxlisiman.
Men o'zim yaxshi ko'rgan klub uchun qo'limdan yordamni berishni xohlayman. Demak, kelajakda o'zimning hissamni qo'shishimni tushunib etsam, prezidentlik saylovlarida yaxshi ishtirok etishim kerak. Agar yordam bera olmasam, demak bu lavozimga da'vogarlik qilmayman.
Men kelajakda bir qarorga kelaman, bu haqda doim orzu qilaman, lekin bu qachon sodir bo'lishini bilmayman, – dedi Pike.
28-Noyabr 2020,13:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0