Stadion.uz «qirollik klubi»dagi ahvol bilan qiziqadi.
EChLdagi ahvol og'ir, biroq imkon bor
Kievdagi uchrashuvda «Real» g'alaba qozonganida, barchasi o'z o'rniga tushib ketishi aniq edi. Kutilmaganda, Ukraina klubi 2 oy ichida ikkinchi bor «Real»ni taslim etdi va guruhdagi vaziyatni mukammal ravishda chigallashtirib yubordi. «Konchilar»da to'plab nisbati 5:12 bo'lishiga qaramay, ular keyingi bosqichga chiqish uchun qulay imkoniyatga egalar. «Real» ikki uchrashuv natijasiga ko'ra «Shaxtyor»dan 2:5 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
6 tur oldidan jamoaning EChLdagi imkoniyatlari to'liq saqlanib turibdi. Ular g'alaba qozonishsa kifoya. Ular uchun «Inter»ning Germaniyadagi g'alabasi katta yordam bo'ldi desak, adashmagan bo'lamiz. Endi barcha-barcha 6-turda maydonda «jang» qilishga urinishadi. Hammasi Zidan shogirdlarining o'z qo'lida.
«Real» keyingi 10 kun ichida hammasini barbod qilishi mumkin
Yaqin 10 kun ichida Zidan shogirdlari uchun chinakam sinov boshlanadi. "Alaves« va »Shaxtyor«ga engilgan klub avvaliga »La Liga« doirasida »Sevilya«, »Atletiko«ga qarshi maydonga tushadi. Keyinroq esa, Evropa chempionlar Ligasining so'nggi turida "Borussiya M"ga qarshi super to'qnashuv kutib turibdi.
Simieone boshchiligidagi "Atletiko« chempionatdagi imkoniyatlarini yaxshilab olish maqsadida ancha charchab qolgan Madrid klubiga qarshi "jangga" chiqishi turgan gap. Lopategi boshchiligidagi Evropa Ligasining amaldagi g'oliblari ham "Real"ni sinovdan o'tkazishlari turgan gap. Ushbu ikkita bahsdagi natija o'z-o'zidan turnir jadvaliga ta'sir ko'rsatadi.
«Real Madrid»dagi kadrlar muammosi sodir bo'layotgan bir paytda, vaziyatdan chiqib ketish oson bo'lmasligi aniq. Shu 10 kun ichidagi o'yinlar butun boshli mavsumning natijalariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Zidan barchasini avvalgidek boshqarib turganiga ishonish qiyin. Endi shu 10 kun ichida chempionlik va EChLdagi natijalar o'rtaga tikiladi.
«Real» avvalroq amalga oshirilgan xatolar sababli qiynalmoqda
Ayni damda, Zidan qanchalar berkitishga urinmasin, muammolar yuzaga suzib chiqmoqda. Bunga bugun yoki kechagi muammolar emas, ancha oldinroq yo'l qo'yilgan xatolar sabab desak, adashmagan bo'lamiz.
1. Zidan boshqa muvaffaqiyatli murabbiylar singari anchagina qaysar inson. Shunga qaramay, unga Eden Azarning transferi va Karim Benzemaga raqobatchi olib kelish lozimligi haqida uqtirildi va barchasi amalga oshdi. Oqibatda, sarflangan pullar o'zini oqlamadi. Endi esa, pullar yo'q paytda bu transferlar jamoani ortga tortmoqda.
Eden yangi futbolchi xarid qilingan bo'lsada, o'zining kichik ukasi - Karimga ishonishda davom etdi. To'g'ri, Benzema qo'lidan kelgancha yordam berdi, ammo ayrim uchrashuvlarda boshqacharoq tipdagi hujumchilarning yo'qligi natija o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. U yo'q bo'lib qolganida esa, jamoa o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan Dias va Yovichlarga suyanishga majbur. Vaholanki, Zidan ularni hech qachon asosiy tarkib futbolchisi deb hisoblamagan.
2.Klubning ichki tuzilmasiga ham zarar etdi. Ramos bilan shartnoma shartlari borasida juda uzoq tortishib yuborishdi. Oqibatda, qahramonimiz jomadonlarini yig'ishga tushib ketdi. Bir hayolida ketish bo'lgan futbolchi qanday qilib 100 foiz o'yin namoyish etishi mumkin? Biroz avvalroq Varan atrof muhitni o'zgartirmoqchi edi, uni kuch bilan ushlab qolishdi. Endi esa, barchasidan zerikib ketgan futbolchi qo'pol xatolar tseriyasini davom ettirmoqda. Zidanning yoqimtoyi bo'lgan Marseloning o'yinida anchagina pasayish kuzatildi. Mendi esa, Zidanning ishonchini to'liq oqlagani yo'q. Qanot himoyachilarning ayrimlari jamoa bilan tuzgan shartnomasi yakunlayotganidan ranjimoqda. Qolganlari o'yin amaliyotsiz qolib ketganidan. Umuman olganda, bunday tarkib bilan stabil o'yin namoyish etishning imkoni yo'q.
3. Omadsiz transferlar o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi va klubning oyog'idan chaldi. o'tgan yozdan naqd 300 million evro sarf etilgan edi. Xo'sh, tarkibning kuchayishi ham 300 million evrolik bo'ldimi?! Albatta, yo'q! Birigina Mendi o'zini oqladi, ammo u hali-hamon Marseloni raqobatda enggani yo'q. Azar va Yovich jamoa tarixidagi eng omadsiz transferga aylanib bo'ldi. Eder Militao Ramos va Varanga qarshi hech narsa qila olmayapti. Rodrigo kutilgan effektni bermadi! U ikkinchi Ronaldu emas!
Boz ustiga, klub kelajakda qo'l kelishi aniq bo'lgan tayyor kadrlar - Regilon va Hakimini transferga qo'yib pul ishlab olishdi. Shu bois, Zidan ayrim vaziyatlarda Lukas Vaskesdan qanot himoyachisi sifatida foydalanishga majbur bo'lmoqda. Mavsum boshida klubga yangi qon quyish mumkin edi, ammo rahbariyat bundan voz kechdi.
4. Etakchilar bir-biridan zerikib ketdi. Proektni to'liq yangilash vaqti etib kelgan ko'rinadi. Aslida, bunday ishlarni sekin-astalik bilan amalga oshirish lozim, 3-4 mavsum transfer qilish orqali avlodlar almashinuvini ortiqcha talofatsiz o'tkazib olish mumkin. «Real» to'liq yangilanishni amalga oshirmoqchi shekilli. Klub ayni damdagi tarkibi bilan barcha sovrinlarni egallab bo'ldi. Ularda deyarli motivatsiya qolmagan. Barchaga barcha narsani isbotlab qo'ygan millionerlarni maydonda 90 daqiqa yugurishga majbur qilish oson emas. Buni Peres va Zidan endi chuqur his etishmoqda.
Zidan qoqildi, uni Pochettino va Raul zimdan kuzatmoqda
Kievdagi mag'lubiyat «Real» uchun mavsumdagi beshinchisi bo'ldi. Endigna 16 ta o'yinda ishtirok etgan jamoa allaqachon 5 bor mag'lub bo'lishga ulgurdi. Shunday bo'lsada,u «Real» tarixidagi kelib-ketuvchi murabbiylardan keskin farq qiladi. Peres uni ketkazmoqchi emas. Murabbiyning o'zi ketish fikridan qaytgan.
"Men ketmoqchi emasman. Bundan hech kimga naf bo'lmaydi. Men qolaman va kuchli bo'lishimiz uchun bor imkoniyatlarni ishga solaman. Agar hayotingizda qora kunlar paydo bo'lsa, to'xtab qolmaslik lozim. Men ham oldinga qadam tashlamoqchiman."
Zidanning so'zlarida jon bor. U ketsa, uning o'rnini ortiqcha muammosiz hal etadigan kim bor? Yuqorida sanalgan muammolarni bir mavsum ichida hal etib sovrin ham yutib berishga qodir hech kim yo'q. Shunday bo'lsada, yangi murabbiy kutilgan «yangi qon»ni olib kirishi mumkin. Futbolchilarda ham yangi g'oyalar sari motivatsiya uyg'otishi mumkin, ammo «Real»da jamlanib qolgan boshqa muammolarni ular bartaraf etishga qodir emas.
Endi klub muxlislari Zidanning vaziyatni o'nglanishni kutishdan boshqa chorasi yo'q. Klub uchun qiyin kunlar boshlandi. Bunday vaziyatdan, keskin qarorlarsiz chiqib ketish qiyin. Shunday ekan, voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuzatishda davom etamiz.
3-Dekabr 2020,09:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0