«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida «Ferentsvarosh»ga qarshi o'yin (3:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Biz birinchi bo'limni a'lo darajada o'tkazdik. Vaziyatlar yaratdik va chiroyli gollar urdik va yaxshi ritmda harakatlandik. Umid qilaman, chempionatda ham shunday o'ynashda davom etamiz.Eng muhimi — biz keyingi bosqichdamiz. Lekin biz so'nggi turda ham g'alaba qozonib, guruh g'olibiga aylanishni istaymiz. Bizga 18 ochko kerak.Tarkibda yaxshi yigitlar yig'ilgan. Shu bois, ba'zi o'yinchilarga dam olish imkoniyatini berdik. Maydonga tushganlar esa bunga haqli bo'lishdi. Futbolchining o'yini o'ziga bo'lgan ishonchga bog'liq. Grizmann o'z o'yinini yaxshilash va jamoaga foyda keltirish uchun hamisha bor kuchi bilan mehnat qiladi. Nihoyat uning zarbalaridan keyin to'p to'rga borib tusha boshladi. Umid qilaman, u shunday ruhda davom etadi. Dembele – ajoyib futbolchi. U tezkor va har ikki oyog'ida smarali o'ynay oladi. Eng muhimi — u sog'lom va sidqidildan ishlamoqda», – dedi Kuman.
3-Dekabr 2020,10:10