«Barselona» prezidenti vazifasini bajaruvchi Karles Tuskets jamoaning moliyaviy ahvoli haqida ma'lumot berdi.Bir necha kun avval «Barsa» futbolchilar bilan maoshlarni pasaytirish borasida kelishuvga erishgani haqida ma'lumot tarqatgan edi. Ushbu chora oqibatida jamoa 122 mln evroni tejaydi.«Yangi prezident buni o'zgartirishi mumkin. Hozirgi holatimiz shundayki, o'yinchilarga yanvar oyi uchun maosh to'lay olmaymiz. Ular buni to'g'ri tushunishlari kerak. Biz maslahat beruvchi organ hisoblanamiz, qaror qabul qilish uchun vakolatga ega emasman. Qarzimiz oshganidan xursand bo'lganim yo'q, ammo koronavirusning ta'sirini hech kim taxmin qila olmasdi. Vaziyat bizni xavotirga solmoqda, ammo holatdan chiqib ketishimizga ishonamiz. O'yinchilar yanvar oyida maosh olishmaydi. Ushbu maoshlar boshqa to'lovlar kabi bosh muddatga qoldiriladi. Masalan, musobaqalarda g'olib chiqqanlik uchun bonuslarni to'lab berish ham boshqa muddatga qoldiriladi», – dedi Tuskets.
3-Dekabr 2020,21:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0