Urugvaylik futbolchi Luis Saures italyan tili bo'yicha imtihondan o'tish jarayonida qalloblikka qo'l urgani uchun «Yuventus» sport direktori Fabio Paratichiga nisbatan surishtiruv ishlari boshlandi.Eslatib o'tamiz, Suares «Yuventus»ga o'tishdan avval Italiya fuqaroligini olish uchun italyan tilidan test topshirgan edi. Futbolchiga imtihondan oldin test javoblari taqdim etilganligi fosh bo'lgan edi. "Corriere della Sera" tarqatgan xabarga ko'ra, «Barselona» o'yinchisidan imtihon olgan Perudja universiteti rektori va o'qituvchilari 8 oyga o'z lavozimidan chetlatilishgan.Surishtiruv natijalariga ko'ra, itihon natijasi ijobiy bo'lishi uchun Paratichi mahalliy rahbarlar bilan gaplashgan. Agar turinliklar rahbariyatining aybi isbotlansa, A seriya «Yuventus»ga nisbatan jazo chorasini qo'llashi mumkin.Eslatib o'tamiz, Suaresning «Yuventus»ga transfer barbod bo'lganidan keyin urugvaylik futbolchi «Atletiko» bilan shartnoma imzolagan edi.
5-Dekabr 2020,08:40