Myunxenning "Bavariya" klubi direktorlar kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge Ispaniya "El-Klasiko"si bilan Germaniya "Der-Klasiker"ini o'zaro taqqosladi.
- Avvallari barchamiz Ispaniya chempionatida o'zaro bahs olib boradigan "Real" hamda "Barselona" jamoalari o'rtasidagi "El-Klassiko"ga hasad bilan qarardik, ammo, mening fikrimcha, endilikda "Borussiya" - "Bavariya" qarama-qarshiliklari o'ziga xos klassikaga aylanib bormoqda. So'nggi "Der-Klasiker" ajoyib ruhda o'tdi va gollarga boy bo'lgan bahsda 3: 2 hisobi qayd etildi, biroq, agar jamoalar o'sha uchrashuvda o'zlarining yaratilgan imkoniyatlaridan foydalanganida, hisob 5: 4 ko'rinishiga kelishi ham mumkin edi. Hech ikkilanmasdan o'sha bahsni ajoyib tarzda o'tdi deb aytish mumkin va ertasi kuni "Real" "Barselona" bilan o'ynadi. O'ylashimcha, so'nggi "El-Klasiko"ga sifat darajasiga etishmadi. Bizning "Klasiko"ni bir pog'ona yuqoriroq deb ayta olamiz, - deya Rummenigge Bundesliganing rasmiy saytiga bergan intervyusida.
5-Dekabr 2020,14:30