Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman EChL doirasida «Yuventus» klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Mag'lubiyat uchrashuvning dastlabki 25 daqiqasini natijasi bo'ldi. O'yinni qo'rquv bilan yomon boshladik, jasorat etishmadi. Xuddi o'yinni nazorat qilish uchun emas, mag'lubiyatga uchramaslik maqsadida maydonga tushgandek o'ynadik.
Himoyada yaxshi o'ynamadik, birinchi yarim soatlikda biz mag'lubiyatga uchradik. Biz odatiy saviyamizda o'ynamadik. Ammo Chempionlar Ligasidagi formamiz yaxshi edi.
Agar ular Ronaldu penalti belgilashgan bo'lsa, u holda Messi bilan bog'liq vaziyatda ham penalti bor edi. Lekin mag'lubiyatga o'zimizning xatolarimiz sabab uchradik. Dastlabki yarim soatda o'yinimiz chiqmadi. Biz «Yuventus»ga qarshi o'yingacha yaxshi ko'rinayotgandik. Bu biz uchun dars bo'ladi. Raqib o'yinga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurdi.
O'yinchi almashtirishlar? Men o'z futbolchilarimizni saqlashni xohlayman. Taqvim juda zich», – dedi Kuman.
9-Dekabr 2020,10:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0