Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen EChL doirasida "Yuventus"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“0:3dan keyin har doim ishlash kerak bo'lgan narsalar bor. Ushbu uchrashuvda biz ba'zi narsalarga tayyor emas edik. Yo'l qo'ymaslik kerak bo'lgan xatolarga yo'l qo'ydik. Himoyamizdagi shaxsiy xatolar bizga qimmatga tushdi. Raqibga boshqacha munosabatda bo'lishimiz kerak edi.
Ba'zan bizga omad etishmadi. Ular gol urishi bilan biz maydonda yo'qolib qoldik. Ammo biz kuchliroq bo'lishimiz kerak bo'lgan bosqichdamiz. Biz o'z vazifamizni bajarishimiz va ko'p ishlashimiz kerak. Biz boshidanoq kuchliroq bo'lishimiz va biroz ko'proq narsani berishimiz kerak.
Bugungacha yaxshi o'ynadik va qiyin uchrashuvlarda g'alaba qozondik. Bu bizda yomon bosqich ro'y beryapti deyish kerak emas. Biz keyingi bosqichga birinchi o'rinni egallagan holda chiqmoqchi edik. Birinchi o'rinda chiqamizmi, ikkinchi o'rinda chiqamizmi, pley-offda oson o'yinlar bo'lmaydi. O'z o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak.
Endi La Liga haqida o'ylashimiz kerak. Bu eng muhimi. Biz maksimal darajada ochko jamg'arishimiz kerak. Bizni oldinda muhim o'yinlar kutmoqda va bu o'yinlarda omadli o'ynashimiz bizning asosiy maqsadimiz», - dedi ter Shtegen.
9-Dekabr 2020,11:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0