«Barselona» sardori Lionel Messiga futbol maydoni va uning tashqarisidagi faoliyati uchun «jahon chempioni» sovrini topshirildi. Argentinalik futbolchi o'zining Messi Foundation xayriya jamg'armasining faoliyati uchun "Champion for Peace of the Year" sovriniga munosib deb topildi.«Jamiyatga uzoq vaqtdan beri yordam berib kelayotganlarni biz his qilyapmiz. Messi esa maydonda feyr-pleyga amalga qilib, jamiyatga ijtimoiy hissa qo'shmoqda», — dedi Xalqaro olimpiya qo'mitasi a'zosi, Monako knyazi Alber II.«Messini «Jahon chempioni 2020» bo'lgani bilan tabriklamoqchiman. Uni «Jahon chempioni» klubiga qabul qilish men uchun faxrli. Ushbu sovrin unga nafaqat futbol maydonidagi halol o'yin, hurmat va sabr, balki bolalar huquqiga sadoqati uchun berildi», — dedi «Peace and Sport» tashkiloti prezidenti va asoschisi Joel Buzu.«Ushbu sovrinni qo'lga kiritish men uchun faxrli. O'zgalarga hurmatni men bolalikda o'rgangan va buni futbol maydonida qo'llayman. Tan olingan halol o'yinchi bo'lish yoqimli. Men «Peace and Sport» va Monako qiroli Alberta II'ga minnatdorchilik bildiraman. Qiyin ahvolga tushib qolgan insonlarni qo'llab-quvvatlar va ularni ruhlantirishda davom etaman», — dedi Messi.
19-Dekabr 2020,09:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0