«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya La ligasining 14-turi doirasida bo'lib o'tgan «Valensiya»ga qarshi o'yin (2:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Qiyin o'yin bo'ldi. Biz hisobda oldinda borayotib vaziyatdan chiqib ketdik, ammo bahs oxiriga qadar kontsentratsiyani saqlab qolishimiz kerak. Bizda vaziyatlar bo'ldi, ammo e'tibor etishmadi.Raqib yaxshi himoyalandi. Biz ikkinchi bo'limda bahs taqdirini hal qilishga harakat qildik, lekin ko'p imkoniyatlarga ega bo'lmadik. Biz bir tekis o'yin namoyish eta olmadik, xavfli hududlarda to'pni yo'qotdik.Muammo ishga bo'lgan munosabatda bo'ldi, deb o'ylamayman. Biz odatdagidek o'yin namoyish eta olmadik, to'pni ko'p yo'qotdik. Jamoada qandaydir shubha bor edi. Bunga yosh futbolchilarning hali ulg'aymagani ham qisman ta'sir qilmoqda. Bugun durang o'ynaganimiz asosiy muammo emas. Biz bungacha 4-5ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchragandik, durang esa vaziyatni murakkablashtirdi. De Yong kecha mashg'ulot paytida o'zini noqulay his qilgandi, shuning uchun uni ilk daqiqalardan emas, tanaffusdan keyin maydonga tushirdim. Buskets yomon o'ynagani uchun emas, o'yinga o'zgartirish kiritish maqsadida uning o'rniga Frenkini tushirdim», – dedi Kuman.
20-Dekabr 2020,08:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0