Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga doirasida «Eybar» (1:1) bilan qayd etilgan durangdan keyingi fikrlarini bildirdi.
«Biz g'alabaga haqli edik va bu uchun barcha narsani amalga oshirdik. Ularda atigi bitta vaziyat bo'ldi. Juda ko'plab vaziyatlarni sodir etdik, lekin penaltini aniq amalga oshira olmadik va himoyada xatoga yo'l qo'ydik... Barchasi yaxshi ketayotgandi, biz juda katta mehnat qildi va g'alaba uchun etarli o'ynadik, lekin bu birinchi marta sodir etilmayapti.
Birinchi bo'limda himoyadan chiqib ketishda muammo bo'ldi, biz chiziqlar oralig'ida ochila olmadik, ehtimol, tavakkal qilishdan qo'rqqanimiz uchundir. Ikkinchi bo'limda vaziyatlarimiz juda ko'p bo'ldi, lekin ulardan foydalana olmadik.
To'g'ri, yo'l qo'yilgan xato darvozamizga gol kiritilishi bilan yakunlandi, lekin bunda hech kimni ayblamagan bo'lardim. Har bir futbolchi xatoga yo'l qo'yishi mumkin. Gol kiritish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldik, lekin qaytarib aytaman bulardan foydalana olmadik. «Barselona» Messisiz yaxshi o'ynayapti degan fikrga qo'shilmayman. Umuman olganda bugungi o'yinni yaxshi o'tkazdik. Lekin alohida xatolar sababli g'alaba qozona olmadik.
Agar vaziyatga real ko'z bilan qaraydigan bo'lsak, chempionlik uchun kurash oson bo'lmaydi. Imkonsiz narsaning o'zi yo'q, ammo bizda qanday kechikishlar borligini bilishimiz kerak. «Atletiko» juda yaxshi ko'rinyapti, juda kuchli jamoa, juda kam gol o'tkazib yubormoqda», – dedi Kuman.
29-Dekabr 2020,02:40