Frantsiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Neymar futbolni tashlash haqida o'ylaganini yodga oldi.
«Men hech qachon futbolga bo'lgan ishtiyoqimni yo'qotmayman, lekin hayotimda shunday kunlar bo'lganki, futbolni tashlab ketish haqida o'ylaganman. Bir marta o'zimdan nima uchun odamlarga yomasa futbol o'ynashni davom ettirishimni so'radim.
Men hayajonlanib uyna qaytdim va keyin shu darajaga etib kelishimga sabab bo'lgan barcha bosim o'tgan yo'limni esladim. Futbolga bo'lgan muhabbatim menga taskin berdi, bu meni o'zimga keltirdi.
Men juda baxtiyorman. Haqiqatdan ham baxtiyorman. Faoliyatimdagi juda ko'plab narsalar meni va oilamni xursand qildi. «Santos»dagi debyutim, qo'lga kiritgan birinchi sovrinim, Libertadores Kubogidagi g'alaba – o'ta muhim voqealar. «Barselona»ga o'tish – bu bolalik orzusining amalga oshishi edi. EChLda g'alaba qozonish, «PSJ»ga o'tish – men uchun har doim o'zgacha bo'lib qoladi», – dedi Neymar.
16-Yanvar 2021,22:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0