Kecha «Barselona» hamda «Atletik Bilbao» Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi doirasida bahs olib borishdi. «Estadio la Kurtuxa» o'yingohida kechgan final «Atletik»ning asosiy qo'shimcha taymlarda erishilgan 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
«Biz xafa bo'ldik va yakuniy natijadan ranjidik. Himoya chizig'ida yaxshilashimiz kerak bo'lgan narsalar bor. Biz g'alaba qozonish uchun o'ynadik. Menimcha jamoa yaxshi edi. Ular g'alaba qozonish uchun kerak bo'lgan barcha ishni qilishdi.
Eng yomoni, o'yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida ikkinchi golning kiritilishi bo'ldi. Men g'azablanmayman. Bu yog'iga chalg'ishga vaqt yo'q. Liga va Kubok o'yinlari bor. n. Biz himoya borasida yaxshilanishimiz kerak»-deydi Kuman.
Eslatib o'tamiz, Antuan Grizmann ushbu o'yinda dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, «Atletik» safida Oskar de Markos, Asier Villalibre va Inyaki Vilyamslar kiritgan gollar bilbaoliklarga chempionlik taqdim etdi.
18-Yanvar 2021,08:50