"Barselona"dagi moliyaviy holat Koutinoning ketishiga ta'sir qilishi mumkin. Pandemiyaga qadar ham "Barselona"ning moliyaviy holati unchalik yaxshi emasdi. Shu sababdan klub bir necha muhim futbolchilarini sotib yuborishini kutyapman.
"Barselona" Messini sotmasdan xato qildi. Uning shartnomasi borligida pullab yuborish kerak edi. Qarang, "Real" Ronalduni vaqtida "Yuventus"ga 100 mln evro evaziga sotib yubordi. Garchi, "Barselona" uchun ko'p ish qilgan bo'lsa-da, klub endi moliyaviy holatini o'ylaydigan payt keldi.
Koutino aniq ketadi, uning "Barsa"dagi davri yakunlangan. Unga Angliyadan qiziqishlar bor, "Barselona" yozda yaxshi narxga sotib yubormasa, moliyaviy holat yanada yomonlashadi. Shuningdek, Grizmann va Dembeleni ham sotib yuborilishi kerak, deb hisoblayman.
Braziliyalik futbolchi Ispaniyada o'zini ko'rsata olmadi. O'z vaqtida uni barcha top-klublar o'z tarkibida ko'rishni istagandi. Menimcha, hali ham shunday bo'ladi", - dedi Rivaldo.
29-Yanvar 2021,22:45
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 45 - Fikirlar: 0