«Barselona»ning sobiq prezidenti va hozirda prezidentlik uchun nomzodlardan biri Joan Laporta kataloniyaliklar klubi hujumchisi Messiga qiziqish bildirayotgan «PSJ»ni tanqid qildi.
«Messi ular taklif etgan shartnomaga imzo chekadimi yoki yo'q, bilmayman. Balki ha. Qachonki, ular moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzishda davom etsalar. Bilishimcha, o'tgan yili ular shu sabab bilan katta yo'qotishlarga duch kelishgan.
Men ular o'z maqsadlariga erishish uchun qoidalarni e'tiborsiz qoldirishadimi yoki yo'qligini bilmoqchiman. Agar shunday bo'lsa, men UEFA va FIFAning qat'iyatli munosabatda bo'lishiga umid qilaman va Sport arbitraj sudi bunga e'tibor qaratadi deb o'ylayman» - deydi Laporta.
Messining «Barselona» bilan kelishuvi joriy yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 33 yoshli futbolchiga asosiy da'vogarlar «Manchester Siti» va «PSJ» hisoblanadi.
30-Yanvar 2021,10:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0