Ispaniyalik tennis yulduzi Rafael Nadal «Barcelona» hujumchisi Lionel Messining shartnomasi haqida gapirdi.
«Men bahsni tushunmayapman. U erda, shubhasiz, futbol tarixidagi eng zo'rlardan biri bo'lgan futbolchi bor va u klub unga to'lamoqchi bo'lgan pulni oladi.
Shundan so'ng, tortishuvlar bo'lmaydi. Klubning o'zi uni shartnomaga loyiq deb topdi va aynan ular o'zlarining moliyaviy masalalari bilan shug'ullanishi kerak»- deydi Nadal.
Avvalroq, Ispaniya matbuoti to'rt yillik shartnoma bo'yicha ma'lumot tarqatgan. Unda, Messi barcha bonuslar bilan qo'shib hisoblanganda jami 555 million evro mablag' olishi aytilgan edi.
Shundan so'ng, Messi shartnomasi haqidagi ma'lumotlar tarqalishi sababli klub rahbariyatini sudga bermoqchi ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
4-Fevral 2021,09:10