«Barselona» himoyachisi Jerar Pike Ispaniya La Ligasidagi hakamlik borasida fikr bildirdi."Yaqinda sobiq arbitrlardan biri hakamlarning 85 foizi «Real»ga yon bosishi haqida aytdi. Qanday qilib ular uning («Real»ning) foydasiga hushtak chalmasin?! Hatto ongsiz ravishda ham qanday qilib ular bir jamoa foydasiga ko'proq hushtak chalmasin?Men hakamlarning professionalligini hurmat qilaman va ular o'z ishini iloji boricha to'g'ri bajarishga harakat qilayotganini bilaman, ammo shubhali vaziyat yuzaga kelishi bilan...", — dedi Pike.Marca’ning qayd etishicha, Pike katta ehtimol bilan sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsalesning 2020 yilda aytgan gaplarini nazarda tutgan. O'shanda Gonsales ispaniyalik hakamlarning 90 foizi «Real»ga, qolgan 10 foizi esa «Barselona»ga yon bosishini aytgandi.2020 yil noyabr oyida jarohat olgan Pike hozirda tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. U Ispaniya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumida 8 ta o'yin o'tkazgan.
5-Fevral 2021,20:10