«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o'z klubi bilan 2017 yilda yangi shartnoma imzolagach, qachon soliq to'lagani ma'lum bo'ldi.Bundan bir necha kun avval Ispaniyaning "El Mundo" nashri «Barsa» va argentinalik futbolchi o'rtasida tuzilgan shartnoma ma'lumotlarini oshkor qilgan edi. Unga ko'ra, Messi 4 yil davomida 555 237 619 evro maosh olishi ko'zda tutilgan.Kataloniyaning "El Periódico de Catalunya" gazetasi ma'lumot berishicha, Leo so'nggi 4 yil davomida kamida 370 mln evro soliq to'lagan. Shundan 275 mln evrosi daromad solig'i sifatida mamlakat g'aznasiga o'tkazilgan. Bundan tashqari, 33 yoshli futbolchi qiyofa huquqi va reklamadan olgan daromadlari uchun soliq to'lagan.Shu tariqa, Messi har yili o'rtacha 70 mln evro soliq to'laydi. Bu summa har yili o'zgarib turishi mumkin. U Ispaniyada eng ko'p maosh to'lovchi hisoblanadi.
10-Fevral 2021,21:30