"Barselona" 21 fevral kuni Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida "Kadis"ni qabul qiladi. Kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi va yarim himoyachisi Serxio Busketsni mazkur o'yinda maydonga tushishsa, ikkita ajoyib natijani qayd etishadi.Serxio Buskets uchun bo'lajak bahs La liga doirasidagi 400-uchrashuv bo'ladi. 32 yoshli futbolchi "Barsa" tarkibida bunday natija qayd etgan to'rtinchi futbolchiga aylanadi. Leo Messi esa "ko'k-anorranglilar" tarkibida Ispaniya chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylanadi. Hozirda Xavi hamda argentinalik futbolchi hisobida 505tadan bahs mavjud."Barselona" safida La ligada eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar:1. Lionel Messi - 5052. Xavi - 5053. Andres Inesta - 4424. Serxio Buskets - 3995. Karles Puyol - 3926. Jerar Pike - 354
19-Fevral 2021,22:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0