"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida bo'lib o'tgan "Kadis"ga qarshi o'yin (1:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi."Natija hafsalamni pir qildi. Bunday o'yinlarda albatta g'alaba qozonishimiz kerak. Ammo biz buni uddalay olmadik. "Atletiko" bu turda mag'lub bo'lganini inobatga olsak, "Barselona" peshqadamga yaqinlashib olish uchun ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Seshanba kuni "PSJ"ga yutqazganimizda ham bunchalik hafsalam pir bo'lmagandi. Ikki ochko yo'qotishga haqimiz yo'q edi. Men o'yinchilarni ayblashni yoqtirmayman. Umuman olganda, hujum chizig'i vakillari o'z ishlarini uddalashdi, yaxshiroq himoyalanashimiz kerak. G'alaba qozonishimiz shart edi."Kadis" butun jamoa bo'lib himoyalandi. Shuning uchun ikkinchi golni urishimiz qiyin bo'ldi. Darvozamizga belgilangan penaltini tahlil qilishim kerak. U menga shubhali tuyuldi. Jamoa ushbu mavsumda qandaydir sovrin qo'lga kiritish imkoniyatiga ega, hech bir klub g'alabani osonlik bilan qo'lga kiritmayapti. Ammo bugungidek imkoniyatni qo'ldan chiqarish kerakmas. Peshqadam bilan farqni qisqartirishimiz kerak bo'lgan vaziyatda ikki ochko yo'qotdik. Umuman olganda, "Kadis" bizni 5 ochkodan mahrum qildi. Bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi", – dedi Kuman "Mundo Deportivo"ga bergan intervyusida.
22-Fevral 2021,10:40