«Atletiko» hujumchisi Luis Suares «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Albatta, men uni sog'inaman. Leo mening do'stim, uning o'rni bilinyapti. Biz deyarli har kuni nafaqat futbol haqida, balki hayot haqida ham gaplashamiz. Farzandlarimizning bir-birlari bilan o'rtoq. Ular ham bir-birlarini sog'inishadi. Shunday palla kutayotganini barchamiz bilardik. Bunga tayyor bo'lishimiz kerak edi.Menga kim etishmayapti — Messi yoki «Barselona»? Aslida bu savolni Leoga berish kerak. Har qanday holatda ham murabbiy (Ronald Kuman) meni sog'inmayapti. Chunki, u jamoadan ketganimdan xursand bo'lganini aytib o'tdi. Ehtimol, Leo ham yaqin do'stini sog'inayotgandir», — dedi Suares "France Football" nashriga bergan intervyusida.
23-Fevral 2021,10:10