«PSJ» hujumchisi Neymar, katta ehtimol bilan, Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Barselona»ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi. Bu haqda "Le Parisien" xabar tarqatdi.Hozirda 29 yoshli futbolchi fevral oyi boshida olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. "Pari Sen-Jermen" murabbiylar shtabi Neymarning javob o'yinigacha tiklanishiga umid qilgandi. Ammo, manbaga ko'ra, u Frantsiya chempionati doirasida «Bordo», Frantsiya kubogidan o'rin olgan «Brest»ga qarshi bahslarni aniq o'tkazib yuboradi. Parijliklar birinchi o'yinda deyarli to'qnashuv taqdirini hal qilib qo'yishgani uchun (4:1) Neymarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emaslar. Shu bois, futbolchi "Barsa" bilan o'yinda hattoki zaxiradan ham maydonga tushmaydi.«PSJ» — «Barselona» uchrashuvi 10 mart kuni bo'lib o'tadi.
2-Mart 2021,15:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0