"PSJ" muxlisi Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yin arafasida raqib jamoa futbolchilariga zarar etazishga harakat qildi. U "ko'k-anorranglilar" delegatsiyasi joylashgan Parijdagi mehmonxonalardan birida o'zi uchun xona olib, tongi soat 5da yong'in trevogasi signalini bosdi. Fanat bu ishni tunda qilmoqchi edi, ammo parijliklar muxlislari "Barselona" joylashgan mehmonxona oldida qilgan mushakbozlikning yakunlanishini kutishga qaror qildi. Mehmonxonada tinchlik cho'mgach, soat 5da trevogani bosdi. Ishqiboz mazkur ishi uchun qo'lga olindi va 5 soat davomida hibsda ushlab turildi. Eslatib o'tamiz, «PSJ» dastlabki o'yinda «Barselona»ni 4:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Javob bahsi yana 2 soat dan so'ng — Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
10-Mart 2021,23:00