Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan "Barselona" 2007 yildan buyon birinchi marta 1\4 final yo'llanmasidan mahrum bo'ldi. Umuman olganda, "ko'k-anorranglilar" bu mavsumda juda ko'p anti rekordlar qayd etdi va jamoaning muvaffaqiyatsizliklari darajasi o'zining eng so'nggi bosqichiga etib keldi. Katta extimol bilan, endi jamoada katta o'zgarishlar bo'ladi. Bunga bir qancha sabablar bor.
Joan Laporta
"Barselona"ning yangi prezidenti bo'lmish Joan Laportadan klub muhlislarining umidlari katta. Kataloniyaliklar undan shonli onlarni qaytarishini kutmoqda. Umuman olganda, uning tajribasi va darajasi yuqori. Laporta "Yangi Barselona"ni qurishni allaqachon boshlab yubordi. Joan bir qancha tajribali futbolchilarni taklif etib, jamoaning yaqin yillardagi muvaffaqiyatini ta'minlashni niyat qilgan. Aguero va Alaba bunga bir misol. Shuningdek, u Xoland, Garsiya va yana bir qator yosh iqtidorlarni ham jamoaga jalb qilish niyatida. Bu esa kelajak uchun poydevor. Eng asosiysi, klub faqat futbolchilarni o'zgartirish bilan cheklanib qolmayapti, muhimi, klubda qarashlar va mexanizm o'zgarish arafasida. Messinig jamoada qolishi ham tobora oydinlashib bormoqda. 58 yoshli klub prezidenti Leoni jamoada olib qola olsa, bu klubning yaqin yillardagi muvvaffaqiyatlari uchun muhim faktor bo'lar edi.
Lionel Messi
Yil sayin "Barselona"dagi o'rni kattarib borayotgan Messi jamoaning ayni dam yuragi hisoblanadi. Uning klub uchun ko'p narsa qildi, hamon qilib kelyapti. Unga "PSJ" va "Manchester Siti" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi esa hali kelajagi borasida qaror qabul qilmadi. Agar qandaydir burilish bo'lmasa, Messi jamoada qoladi va "Yangi Barselona"ni qurishda bevosita ishtirok etadi. Argentinalik hamon klubda tengsiz ahamiyatga ega va kelasi mavsumlarda ham uni "ko'k-anorranglilar" libosida ko'rishimiz mumkin.
Yosh iqtidorlar
"Barselona" jamoasi bu mavsumda avvalgilariga nisbatan ancha yoshardi. Jamoada Fati, Pedri, Moriba, Arauxo, Dest, Puch, Trinkau kabi yosh futbolchilar harakat qilmoqda. Bu iste'dodlar yaqin vaqtlar ichida klub kelajagi bo'lishi kutilyapti. Bu yosh iqtidor egalarining aksari allaqachon jamoada muxim futbolchilarga aylanib ulgurdi. Bu jihatdan jamoa to'g'ri yo'lni tanlagan.
Ronald Kuman
Shon-shuhratdan o'zini "olov ichiga otgan" murabbiy umuman olganda jamoani yomon boshqarmayapti. Jamoa o'yinida rang-baranglik va yaxlit bir tizim mavjud. Kadrlar masalasida esa unga ko'p ham imkoniyat berilmadi. Murabbiy potentsiali anchagina yuqori va u uzoqni ko'zlovchilar sirasiga kiradi. Agar Kuman jamoada qolsa, biror natija qayd eta olishi mumkin. Xar holda, u shunday bir qiyin davrda "Barselona" murabbiyi bo'lishdan cho'chimadi. Qiyin kunlarda shu erda bo'lgan insonga imkoniyat berilsa, bu adolatli qaror bo'lar edi.
Inqirozli holatdan chiqib, yana kuchli klubga aylanish uchun jamoada barchasi etarli. Iqtidorli va tajribali futbolchilar, yaxshi murabbiy va o'zoqni ko'ra oluvchi prezident. Yaqin vaqtlar ichida Evropada qudratli "Barselona"ni ko'rishimiz mumkin. Harakat va g'oyalar bor. Amalda natijalar qanday bo'lishi yaqin yillar ichida namoyon bo'ladi.
Xudayqulov KARIM
15-Mart 2021,15:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0