"Barcelona" sport direktori Erik Abidal Neymarning Kataloniyaga qaytishi mumkin bo'lganligi haqida gapirdi.
Abidal "Sport Diario"ga bergan intervyusida Xosep Bartomeuning shaxsan o'zi frantsuz va braziliyalik tanlovidan Grizmanni ma'qul ko'rgan. Bunday qarorga Neymar va "Barselona" o'rtasida sud jarayoni boshlangani sabab bo'lgan.
Futbolchi 2019 yilning yozida "Barcelona"ga qaytishi mumkin bo'lgan. Keyin kataloniyaliklar "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni biroz yuqori summa evaziga sotib olishgan.
Shuni ta'kidlash kerakki, ko'plab mutaxassislar Grizmann transferini 'ko'k-anorranglilar" uchun tarixdagi eng omadsizlardan biri deb hisoblashadi.
Ma'lumot uchun, frantsiyalik futbolchi "Barsa" bilan joriy mavsum barcha musobaqalarda 40 o'yin o'tkazib, 14 gol va 11 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
23-Mart 2021,11:30