Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Holand "Barselona"ning asosiy transfer maqsadi bo'lib qolmoqda.
Marca nashri norvegiyalikni sotib olish, Kataloniya klubining yangi prezidenti Joan Laportaning ustuvor vazifasi ekanligini yozmoqda. Ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun klub taxminan 100 - 150 million evro atrofida sarflanishi kerak deb hisoblamoqda.
"Barselona" Antuan Grizmann, Usman Dembele, Felippe Koutino, Samuel Umtiti, Martin Breytveyt va Junior Firponi Erlingning transferi uchun naqd pulga sotishga tayyor.
Klubning yangi rahbariyati 20 yoshli hujumchining o'tishini tashkil qilish uchun har qanday yo'ldan borishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Holand ushbu mavsumda "Borussiya Dortmund" tarkibida barcha musobaqalarda 29 uchrashuvda 31 gol va 8 golli pas berdi.
23-Mart 2021,01:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0