«Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino tizzasidagi jarohatdan so'ng reabilitatsiyada bo'lish uchun Braziliyaga uchib ketdi, deya xabar beradi kataloniyaliklar rasmiy sayti.
Bungacha braziliyalik meniskusdagi operatsiyasi tufayli uch oyni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgan edi.
Bu holat Kataloniya klubi uchun ideal bo'lishi mumkin, chunki «Barselona» Koutino transferidan so'ng, futbolchining kataloniyaliklar safida ma'lum raqamdagi o'yinlarni o'tkazgani uchun «Liverpul»ga bonus to'lashi kerak.
Jarohat va o'yinlarda ishtirok etolmaslik sabab esa bu, ortga surilishi tabiiy. Shuningdek, futbolchi uchun sug'urta kompaniyalari ham yaxshigina tovon puli to'laydi.
2020/2021 yilgi mavsumda Koutino kataloniyaliklar safida bor yo'g'i 14 o'yinda maydonga tushgan. Ushbu o'yinlarda uning hisobida 3 gol mavjud.
30-Mart 2021,08:20