“PSJ”ning 33 yoshli argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya vatandoshi Lionel Messining «Barselona»da o'ynashi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.«Mening kareram davomida orttirgan tajribamga asoslanib, Leo boshqa sayyoradan kelgan deb o'ylayman. Qachondir uning jamoadoshi bo'lish juda yaxshi bo'lardi. Endi u «Barselona» futbolchisi va amaldagi shartnomasi bor. Keling, kelajakda nimalar bo'lishini kuzataylik.Men u bilan juda ko'p muloqot qilaman va har doim unga asosiy narsa uning baxt va oilasining farovonligi ekanligini aytaman. Boshqa narsa deyish qiyin», - deya Di Mariyaning so'zlarini keltiradi Goal.Ushbu mavsumda Di Mariya «PSJ» safida barcha turnirlarda 31 uchrashuvda qatnashib, 6 gol va 12 golli pas berdi. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi.
5-Aprel 2021,14:30