«Barselona» va «Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Yaya Ture murabbiy sifatida «ko'k-anorranglilar» safiga qaytishni istayotgani haqida ma'lum qildi.
«Murabbiylik kursini tugatyapman. Men uchun «Barsa» orzuimdagi joy. Bilmadim, «Barsa B»« yoki akademiya bo'ladimi, lekin «Barselona«»da ishlashni xohlayman. La Masiyada ishlagan bo'lardim - Kataloniyada hali ham uyim bor.
«Barselona»da meni qattiq hurmat qilishar va e'zozlashgan. U erdan ketish juda qiyin qaror bo'lgandi. U erda men uchun kerak bo'lgan barchasi - futbol, hayot, ob-havo mavjud. Eng yaxshi futbolchilar yonida to'p tepganman, Xavi, Inesta — shuning uchun har doim yana «Barselona»da bo'lishni istab kelaman», — dedi Ture.
Ivuarlik «Barselona» safida 2007-2010 yillar davomida harakat qilgan. Hozirda Donetskning «Olimpik» klubi murabbiylar shtabida ishlab kelmoqda.
17-Aprel 2021,15:10