Messi otasidan «Barsa» bilan muzokaralarni mavsum tugagandan so'ng boshlashni iltimos qildi.
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi va Kataloniya klubi o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar 2020/21 yilgi mavsum tugagandan so'ng boshlanishi mumkin.
COPE nashrining futbolchiga yaqin manbalarga asoslanib xabar berishicha, argentinalik futbolchining agenti bo'lgan otasi Xorxe Messidan mavsum oxirigacha «Barsa»bilan shartnoma borasida muzokaralarga kirishmaslikni so'ragan.
Hozirda, Xorxe Messi Kataloniya poytaxtida bo'lib turibdi.
33 yoshli hujumchi La Liga chempionligi uchun kurashga to'liq e'tibor qaratmoqchi, futbolchi «Barselona» bilan oltin dublga erishmoqchi.
Shuningdek, Messi «Barsa» prezidenti Joan Laporte bilan juda yaxshi munosabatda va tomonlar yangi kelishuv bo'yicha norasmiy muzokaralar olib borishgan.
Ammo, endi Messi faqat uning imkoniyatlariga ishonadigan jamoa manfaatlari haqida o'ylashi kerak deb hisoblaydi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda futbolchi La Liganing 28 o'yinida maydonga tushib, 23 gol va 8 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
21-Aprel 2021,21:40