«Barselona» hujumchisi Lionel Messi maoshining kamayishiga rozi.
Eurosport xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi «Borussiya Dortmund»dan Erling Xolandni sotib olish uchun pul yig'ilishi maqsadida «Barselona» bilan yangi shartnoma tuzib, maoshining qisqarishiga ham rozi bo'ldi.
«Barselona» prezidenti Xoan Laporta Messiga 20 yoshli norvergiyalik bilan muzokaralarni boshlashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan va unda shuning uchun maoshi qisqartirilishini so'ragan. Shu vaziyatda Xoland transferi uchun mablag' jamg'arish imkoniyati yuzaga keladi.
Shunga qaramay, «Barselona» Xoland transferi uchun jiddiy kirishgan va Laporta qo'shimcha pul yig'ish uchun ayni vaqtda investitsiya fondi bilan muzokara olib bormoqda.
«Barselona»da Xoland bilan shartnoma imzolashga ishonishmoqda.
Ronald Kuman uchun asosiy maqsad — «Lion»dan Memfis Depayni olib kelish, lekin Laporta faqat «Borussiya» forvardini ko'rishni istamoqda.
Joriy mavsum Messi La Ligada 31 o'yin o'tkazdi va 26 gol, 9 assist qayd etdi.
1-May 2021,14:00