"Barselona" sardori Lionel Messi Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida bo'lib o'tgan "Valensiya"ga qarshi o'yinda (3:2) penaltidan gol ura olmadi.Bahsning 57-daqiqasida argentinalik futbolchi 11 metrli jarima zarbasini tepdi, ammo "ko'rshapalaklar" posboni Yasper Sillessen zarbani qaytardi. Shunga qaramay, kataloniyaliklar ushbu hujumni golga aylantirishdi: Pedrining zarbasidan so'ng himoyachi qaytargan to'pni Messi darvozaga joylab qo'ydi.
"MisterChip" tarqatgan xabarga ko'ra, Messi faoliyatidagi samarali foydalana olmagan penaltilar soni 29taga etdi (o'yindan keyingi penaltilar seriyasini qo'shib hisoblaganda). Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi.Ma'lumot o'rnida. Messi faoliyati davomida 132 marta penaltini tepgan bo'lsa, Ronaldu 170 marta "nuqta"ga yaqinlashgan.
3-May 2021,10:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0