Forbes dunyodagi eng boy sportchilar ro'yxatini e'lon qildi (2020 yil 1 maydan 2021 yil 1 maygacha).
Birinchi o'rin UFCning ikki vazn toifasidagi jangchisi Konor Makgregorga tegishli bo'lib, uning daromadi 150 million dollarga baholandi.
Ikkinchi o'rin 130 million dollar egasi bo'lgan «Barselona» futbolchisi Lionel Messiga nasib etdi.
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 120 million dollar daromadi bilan uchinchi o'rinni band etdi.
Kuchli uchlik, kelasi yil o'zgarishi mumkin, chunki «Yuventus» Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, moliyaviy muammolarga duch keladi, bu esa Ronalduga hozirgidek pul to'lashga imkon bermaydi.
Messi «Barselona» bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi, o'z-o'zidan bu futbolchining maoshi biroz ko'tarilishini anglatadi.
12-May 2021,23:30
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0