Keling siz bilan yaqin kelajakda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan transferlarni taxmin qilib ko'ramiz.
Premer-liga dunyodagi eng kuchli liga bo'lib qolmoqda va bu yilgi ingliz jamoalarining evrokubok finallaridagi ishtirokchilari soni ham buni tasdiqlaydi. 2021 yilning yozida ularning aksariyati jamoa safini kuchaytirishga harakat qiladi.
Evropaning ko'plab etakchi futbolchilari yangi chempionatda o'zlarini sinab ko'rish istaklari borligini tan olishdi. Kimning Angliyaga ko'chib o'tishga real imkoniyatlari borligini ko'rib chiqamiz.
Samuel Umtiti, "Barselona".
So'nggi yillarda Samuel Umtitining faoliyati to'xtab qoldi, ammo u Evropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo'lib qolmoqda. Unga yangi jamoa kerak va "Barsa" uni qo'yib yuborishdan shunchaki xursand bo'ladi. Qiziquvchilar orasida "Manchester Yunayted" ham bor.
Harri Maguayrga markaziy himoyada juftlikda o'ynash uchun "qizil iblislar"ga markaziy himoyachi kerak, chunki na Viktor Lindelof va na Erik Bayi murabbiyni aytganlarini aniq bajara olishmayapti. Fransuz katta xarajat talab qilmasligini hisobga oladigan bo'lsak,futbolchini kelasi mavsumdan yangi klubda ko'rishimiz mumkin.
Ussem Auar, "Lion".
Ussem Auar o'tgan yili yozdayoq "Arsenal" ga ko'chib o'tishi haqida ko'plab gaplar bo'lgandi,ammo yakunda u fikridan qaytdi va "Lion"da qoldi. Buning o'rniga "Kanonirlar" Tomas Partey bilan shartnoma imzolashdi. Bu yil Auarni uchun yana kurashib ko'riladi,lekin endi u "Liverpul"ning ham qiziqish doirasiga qo'shildi.
Ussem Auar–Evropaning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri va u 22 yoshli futbolchi uchun juda ko'p katta tajribaga ega. Unga qiziqish katta ekanligi ajablanarli emas - axir biz Frantsiya tarkibida Evro-2020ning bo'lajak ishtirokchisi haqida gaplashyapmiz.
Jeydon Sancho, "Borussiya Dortmund".
Auar singari, Sancho ham o'tgan yili transferlar oynasi markazida bo'lgan. "Manchester Yunayted" u uchun uzoq vaqt kurash olib bordi, u Angliya termasi futbolchisining transferini amalga oshirolmadi.
"Borussiya"ularning o'yinchisi kamida 100 million funtga baholanishiga ishonishmoqda va "Manchester Yunayted" ushbu yozda uni arzonroqqa olish imkoniyati mavjud.Chunki tez orada inglizning shartnomasi o'z yakuniga etadi. Yurgen Klopp ham ancha vaqtdan beri sobiq klubi vakili uchun raqobatlashishni o'ylab yuradi.
Erling Holand, "Borussiya Dortmund".
Bundesliganing yana bir yulduz hujumchisi oldingisidan ham qimmatroq turishi aniq. Darhaqiqat, Holand dunyodagi eng ko'p talab qilinadigan futbolchilar doirasiga kiradi, ammo uni har qanday klub ham o'z saflariga qo'shib ololmaydi. Qiziquvchilar orasida "Chelsi", "Yunayted", "Real" va "Barselona" bor.
Hozircha norvegiyalikning narxi katta, ammo 2022 yilda u yangi klubiga atigi 75 million funtga tushadi. Ammo kutish uchun biron bir sabab bormi? Faqat tahmin qilish mumkin. Shuni unutmasligimiz kerakki, Mino Rayola - mijozlarini arzon pulga qo'yib yuboradigan agent emas.
Rafael Varan, "Real Madrid".
Varan jamoasi bilan hali yangi shartnoma imzolagani yo'q va ancha vaqtdan buyon "Manchester Yunayted" va "Chelsi" jamoalaridan unga qiziqish mavjud. Mish-mishlarga ko'ra, u Tomas Tuxel uchun asosiy nishon.
28 yoshli futbolchida maqtanadigan mukofotlar va sovrinlar etarlicha bor va "Real" uni kelasi yozda tekinga qo'yib yubormoqchi emas. Demak, bitim tez orada amalga oshishi kerak.
Katta ehtimol bilan u Manchesterda yoki Londonda bo'ladi. Ammo uning o'zi boshqa jamoada harakat qilishni xohlaydimi yoki yo'qligini aytish qiyin.
15-May 2021,23:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0