Kelasi mavsum «to'pchilar» uchun birinchi raqam bo'lishi mumkin bo'lgan darvozabonlar haqida.
Londonning «Arsenal» klubi ushbu mavsumda o'z muxlislarini xafa qilishda davom etmoqda. Bir paytlar Premer-Ligada shov-shuvga sabab bo'lgan jamoa, endi o'rta darajadagi klublar qatorida yuribdi, tez orada yuqori natijaga erishishga ishonch ham yo'q. Natijalar uchun javobgarlardan biri bu «kanonirlar» ning 29 yoshli darvozaboni Bernd Leno. Sotib olingan vaqtda jiddiy umidlar bog'langan Leno, endi ba'zi uchrashuvlarda,hatto beshinchi sinf bolasi qaytaradigan to'plarni o'tkazib yuborgan vaziyatlar ham bo'ldi.
So'nggi paytlarda Lenoning yozda «Arsenal»dan ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalayotgani ajablanarli emas. London klubi nemis futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormayapti va shartnoma yana 2 yilga mo'ljallanganligi sababli, uni bepul qo'yib yubormaslik uchun futbolchi uchun takliflarni ko'rib chiqishi mantiqan to'g'ri bo'ladi.
Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, «Arsenal» Lenoning o'rnini kim egallashi haqida o'ylashi kerak bo'ladi va biz o'zimizning beshta variantimizni taklif qilamiz...
David Raya Yoshi: 25 Fuqarolik: Ispaniya Klub: «Brentford» Transfer narxi: 12 million evro
Barselonada tug'ilgan ispaniyalik Raya butun professional faoliyatini Tumanli Albionda o'tkazgan. David 2012 yilda, atigi 16 yoshida Angliyaga ko'chib o'tdi, avval u «Blekbern»da, keyin «Sautport»da ijarada o'ynadi va 2019 yilda 3,35 million evro evaziga «Brentford» ga ko'chib o'tdi, o'shandan beri u erda jamoaning asosiy darvozaboni bo'lib kelyapti.
Rayaning «Arsenal»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar o'tgan yoz ingliz matbuotida faol tarqaldi. Keyin Mikel Arteta Leno uchun ideal raqib sifatida ko'rgan vatandoshining transferidan juda manfaatdor edi, ammo Brentford «to'pchilar» ning barcha takliflarini qat'iyan rad etdi.
Bu yozda vaziyat o'zgarishi mumkin, chunki «Brentford» Premer-ligaga chiqish uchun pley-offda o'ynaydi. Ushbu kurashda muvaffaqiyatsiz natija bo'lgan taqdirda, «asalarilar» ba'zi asosiy o'yinchilari bilan xayrlashishlariga to'g'ri keladi. Raya ushbu ro'yxatda birinchilardan.
Sem DJONSTON Yoshi: 28 Fuqarolik: Angliya Klub: «Vest Bromvich» Transfer narxi: 6 million evro
«Vest Brom» Angliya Premer-ligasini mavsum oxirida tark etishiga qaramay, darvozabon Sem Djontson faqat eng ijobiy fikrlarga loyiq. «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi nafaqat o'tkazib yuborilgan gollarda, balki qaytarilgan zarbalar soni bo'yicha ham turnirda eng yaxshi natijani ko'rsatdi.
Ushbu mavsumda «Vest Brom» himoyasi elakdagi unga o'xshab elanib ketishida Djonstonning aybi minimum darajada bo'ldi. Darvozabon o'zining maksimal darajadagi sport harakatlari bilan jamoadoshlaridan ajralib turdi,butun mavsum davomida.
Shubhasiz, Djonston uchun Chempionshipda harakat qilish fojia bo'lmaydi. U avvalgi 4 mavsumda quyi divizionda o'ynagan. Ha, «Vest Brom» albatta, futbolchilar maoshini tushirishi kerak, chunki Premer-ligadan tushib ketganidan so'ng, klubning translyatsiyadan keladigan mablag'i kamayadi.
Neto Yoshi: 31 Fuqarolik: Braziliya Klub: «Barselona» Transfer narxi: 10 million evro
«Valensiya» da o'zini ajoyib tarzda namoyish etgan 31 yoshli Neto allaqachon «Barselona» zaxirasida o'tirib qolganga o'xshaydi. Braziliyalik 2019 yil yozida Kataloniya grandiga ko'chib o'tgan edi, ammo o'shandan beri Mark-André ter Shtegenga qarshilik qilolmadi.
Netoning «Barselona» bilan shartnomasi yana 2 yilga mo'ljallangan, ammo kataloniyaliklarning hozirgi La Liga va Chempionlar Ligasidagi ochiqchasiga muvaffaqiyatsizligini inobatga olgan holda, yozda klubda tubdan qayta qurish boshlanishi mumkin. Buning natijasi nafaqat Kumanning iste'fosi, balki futbolchilar o'rtasidagi kadrlar almashishi. Bu vaziyatda Neto jamoadan ketishga asosiy nomzodlardan.
Netoning o'zi uchun ham «Barselona» da qolish mantiqsizlik bo'lardi. Ha, bu jamoada u zamonaviy futbolning eng yaxshi futbolchilari bilan ishlash imkoniyatini qo'lga kiritdi, ammo nafaqaga chiqqunga qadar braziliyalik yana bir ikki mavsum davomida yuqori darajada o'ynashga qodir.
So'nggi yillarda braziliyalik darvozabonlar ko'p harakat qilayotgan «Arsenal» va Premer-liga Neto uchun ajoyib imkoniyatlar eshigi bo'lishi mumkin.
Illan MEL'E Yoshi: 21 Fuqarolik: Frantsiya Klub: «Lids» Transfer narxi: 17 million evro
Ushbu mavsum Melening Angliya Premer-ligasidagi debyuti bo'lishiga qaramay, yosh frantsuz allaqachon bunday yuqori darajadagi ishonchni oqlay olishini namoyish etdi. Illan turnirda 11 quruq o'yin o'tkazgan bu natija bo'yicha, faqatgina «Manchester Siti» dan Ederson (18), «Chelsi» dan Eduar Mendi (16), «Aston Villa» dan Emiliano Martines (15) va «Tottenxem» dan Ugo Lloris (12) lar yaxshi natija ko'rsatishgan. Bundan tashqari, agar sanab o'tilganlarning har biri allaqachon 30 yoshga yaqinlashib qolgan bo'lsa, Mele atigi 21 yoshda, bu uni hozirgi paytda Premer-liganing eng istiqbolli darvozabonlaridan biriga aylantiradi.
Melerning darvozada qilgan ishonchli ishi tufayli, uning «Lids» klubi mavsumni APLda muvaffaqiyatli o'tkazib, «Arsenal» bilan deyarli teng o'yin namoyish etdi, uning byudjeti va futbolchilari tajribasini hozirgi «tovuslar» bilan taqqoslab bo'lmaydi. Yana bir savol «Lids» Illanni sotmoqchi bo'ladimi? Jamoa bosh murabbiyi Marselo Bielsa bunday tashabbusdan xursand bo'lmaydi va klub rahbariyati murabbiy bilan ziddiyatga borishni istamasa kerak, chunki argentinalik o'z vazifasini mukammal bajarmoqda.
Melerning o'zi uchun, ehtimol, «Arsenal» ga o'tish uning faoliyatidagi o'sish bo'lishi mumkin, ammo kelajakda «kanonirlar» o'zlari yuqorilashni niyat qilgan taqdirdagina. Agar londonliklarning natijalari pastlashda davom etsa,unda Melening «Arsenal» ga o'tishi variant klub uchun qiziq bo'lishi mumkin, ammo futbolchining o'zi uchun emas.
Metyu Rayan Yoshi: 29 yosh Fuqarolik: Avstraliya Klub: «Arsenal» / «Brayton» Transfer narxi: 6 million evro
Metyu Rayan so'nggi uch yarim yil davomida «Brayton» da o'ynagan, ammo qishda «Arsenal» rahbariyati Bernd Lenoga potentsial raqobatdosh sifatida uni olti oyga ijaraga olishgan. Natijada, Rayan Premer-ligada atigi 3 uchrashuv o'tkazdi, ularda 2 ta gol o'tkazib yubordi va bitta holatda u maydonni «quruq» tark etdi.
Rayan kelasi mavsumda «Arsenal» uchun to'laqonli birinchi raqamiga aylanishi mumkin deyish yaramaydi. Bu ilgari Belgiya chempionatida va o'sha «Brayton»da o'zini yaxshi ko'rsatgan tajribali darvozabon, ammo Ektor Bellerin yoki Kiran Tirni kabi yulduzlarni boshqarish uchun u etarli nomga ega emas.
«Arsenal» Lenoning o'rniga Rayanni bir vaziyatda olib qolishi mumkin. Pul bilan bog'liq muammolar yuzaga kelganda yoki boshqa nomzodlar bilan kelishiv amalga oshmay qolsa. Ammo, futbolda ilgari hisobdan chiqarilgan zaxira futbolchisi oxir-oqibat jamoaning asosiy o'yinchilaridan biriga aylangan holatlar bo'lgan. Bu «Arsenal»da hamma narsa bo'lishi mumkin. Kim biladi, deysiz kim biladi...
22-May 2021,11:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0