Hujumchi Lionel Messi «Barselona»da qoladi.
El Confidencial xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi «Barsa» prezidenti Xuan Laporta bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolashga kelishib olgan.
So'nggi bir necha kun ichida Laporta hamda hujumchining otasi va agenti Xorxe Mess futbolchining yangi shartnomasi bo'yicha muzokaralar olib borishdi va kelishuvga erishishdi. Ikkala tomon ham tez orada yangi bitim tuzishni xohlamoqda.
Xabar qilinishicha, Messi yangi shartnoma bo'yicha «Barsa»da qancha pul ishlab topishi hali ma'lum emas. Uning ish haqi miqdori tekshiruv natijalariga bog'liq bo'ladi. Biroq, argentinalik futbolchining ish haqi pasayishi allaqachon aniq.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda 33 yoshli hujumchi La Liganing 35 uchrashuvida 30 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to'purariga aylandi.
27-May 2021,11:50