«Barcelona» prezidenti Xuan Laporta hozirda «Manchester Siti»ni boshqarayotgan Pep Gvardiolani jamoasiga qaytmoqchi.
Asning ma'lum qilishicha, yakshanba kuni, «Man Siti» va «Chelsi» o'rtasidagi Chempionlar Ligasi finalidan so'ng, Laporta Gvardiola bilan bog'lanib, uni «Barselona»ga qaytishga taklif qilada.
Prezident ushbu o'yindan oldin murabbiy bilan bog'lanmaydi, chunki u Gvardiola hozir bor e'tiborini to'liq finalga tayyorgarlik ko'rishga qaratilganligini tushunadi va agar u Pepni chalg'itsa, bu ishga faqat zarar etkazishini biladi.
Laporta Gvardiolani «Barsa»ga qaytishiga ko'ndira olishiga ishonmoqda. Menejerning maqsadi ispaniyalikni 2022/23 yilgi mavsumdan boshlab jamoani boshqarishga ishontirishdir. Agar bu amalga oshsa, Ronald Kuman yana bir yilni klubda o'tkazadi va keyin ketadi.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola yaqinda «Man Siti» bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirdi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasida hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish bandi mavjud.
27-May 2021,13:20