«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxelning Chempionlar Ligasi finalida to'qnash keladigan "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldin o'z kutilmalarini bildirib o'tdi.
"Hech qachon ushbu o'yin Pep menga qarshi to'qnash keladi degan pozitsiyada bo'lmaganman. Ertaga biz tennis o'ynamaymiz. Pep o'z jamoasini imkon qadar yaxshiroq tayyorlaydi, men esa o'z jamoamni.
"Manchester Siti"ga qarshi turli musobaqalardagi ikki o'yindan tajriba oldik. Ikki turli o'yin ikki boshqa tarkib bilan. Ba'zi jabhalarda qanchalik jasurlik va qo'rqmagan holda o'ynashimiz kerakligini tushunib turibmiz.
Pep boshqaruvidagi «Barselona», «Bavariya» yoki "Manchester Siti"ga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lib kelgan. U juda katta ishonchni uyg'ota oladi, muvaffaqiyatga erishadi va unda g'oliblik xarakteri mavjud.
Balki ayni paytda uning jamoasi Evropada va jahonda eng kuchlisi bo'lib turibdi. Ular bizni chempionatda ortda qoldirishdi, ammo «Uembli»da o'tgan Angliya Kubogi yarim finalida farqni yopdik va buni Manchester shahrida ham uddaladik", — dedi Tuxel.
Eslatib o'tamiz, Tuxelning «Chelsi»si Gvardiolaning "Manchester Siti" klubini ikki marta yutgan. Birinchi Angliya Kubogida (1:0), ikkinchi esa APLda — 2:1.
28-May 2021,23:10