"Men murabbiyning boshida nima sodir bo'layotganini bilmayman. O'ylaymanki, biz tez-tez gaplashishimiz mumkin edi.
Mashg'ulot boshlanishidan oldin u o'zining assistentlariga menga ishonch bildirmasligini va ketishim mumkinligini aytdi. Men shunchaki o'yladim: "Sen qanday qilib meni inson sifatida ham, o'yinchi sifatida ham bilmasdan turib bunday gapirishing mumkin? Balki, yana bir bor ko'rar?"
Bir marta gaplashish uchun oldiga bordim. Kuman ishonch bildirmasligini, agar yaxshi klub topsam, o'yin amaliyoti sabab ketishim mumkinligini aytdi. Men jamoa topmadim, sababi yosh va endigini "Barsa"ga kelgandim. Men undan bir necha daqiqa berishini so'radim, ammo u meni La Ligada tushirmadi. Bu juda g'alati bo'ldi.
Kievning "Dinamo" (Mateus maydonda 17 daqiqa o'tkazgan) jamoasiga qarshi o'yindan bir oy o'tib, yana uning oldiga bordim va aytdim: "Murabbiy, men nega o'yin amaliyoti olmayapman. Yomon o'ynadimmi?" U javob berdi: "Yo'q, sen yaxshi o'ynading, ammo senga daqiqalar bera olmayman, sababi men senga ishon bildirmayman. Senda "Barsa"ning o'yini uchun mahorat yo'q. Agar u meni maydonga tushirmasa, nimaga qodir emasligimni ko'rmasligini aytdim. Unga menejerlar men bilan shartnoma imzolashganini, sababi menda ma'lum sifatni ko'rishganini aytdim. Menimcha, bu erda boshqa nimadir bor edi.
O'yinlar oldidan men deyarli umumiy guruhda shug'ullanmasdim. Doim bu shaxsiy nimadir deb o'ylardim, sababi u men bilan hatto gaplashmadi. Menimcha, bu shaxsiy nimadir", - deydi Mateus.
Mateus "Barsa"ga o'tganidan so'ng faqatgina Kievning "Dinamo" (4:0) jamoasiga qarshi 17 daqiqa o'tkazdi. Ortiq u boshqa o'yinda harakat qilmadi.
29-May 2021,14:45